Yevropaga sovuq havoning kirib kelishi bilan COVID-19 ning yangi toʻlqini boshlanishi mumkin. Gap shundaki, virusning yana bir mutatsiyasi olimlarni xavotirga solmoqda. Shu munosabat bilan yevropaliklarga ayniqsa, xavf ostida boʻlganlarga profilaktika choralarini koʻrish va emlash tavsiya etiladi.
Shifokorlarning ogohlantirishicha, gripp va COVID viruslari kuz va qishda bir vaqtda tarqaladi. Cheklovlarni joriy etish zarurligi haqidagi masalalar har bir davlat tomonidan mustaqil hal qilinadi.