YANGILIKLAR

Koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichi kamaydi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus shu yilning fevral oyidan buyon Yer yuzida SOVID-19 oqibatida kelib chiqayotgan oʻlim holatlari soni 90 foizga kamayganini maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, oʻtgan haftada dunyoda 9,4 mingdan ortiq kishi mazkur infeksiya tufayli hayotdan koʻz yumgan boʻlsa, fevral oyida oʻrtacha haftalik oʻlim koʻrsatkichi 75 mingtani tashkil etgan.

“Biz uzoq va mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtdik, — deydi JSST rahbari. — Biroq quvonish uchun hali erta. Chunki hanuz koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo boʻlmoqda. Shu bois xushyorlikni yoʻqotmasligimiz zarur”.