DSMB – mustaqil ekspertlar guruhi bo‘lib, ular tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tadqiqotda ishtirok etganlarning xavfsizligini tahlil qiladi va baholaydi. Hozirda Xitoyda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandilar. Bolalarning sog‘lig‘ida nojo‘ya taʼsirlar kuzatilmadi.