YANGILIKLAR

Olimlar: Xurmo organizmga koronavirus bilan kurashishda yordam beradi

Kashixaradagi (Yaponiya) Nara tibbiyot universiteti olimlari xurmo organizmga koronavirus infeksiyasi bilan kurashishda yordam berishini aniqladi.

Scientific Reports jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, xurmo tanin moddasi koʻpligi aniqlandi. Olimlar tajriba jarayonida kemiruvchilarning ratsioniga taninni kiritishdi va kemiruvchilarga koronavirus yuqtirishdi. Toʻliq tekshiruvdan soʻng, taninni qabul qilmagan kemiruvchilarda virus yuqqani, hatto oʻpka pnevmoniyasi paydo boʻlganligi maʼlum boʻldi. Tanin bilan davolangan kemiruvchilar guruhida pnevmoniya holatlari qayd etilmagan, hattoki ikkinchi guruh kemiruvchilari oʻzlarini ancha yaxshi his qilishgan.

Shunday qilib, tadqiqotchilar xurmo tarkibidagi tanin virusning rivojlanishini oldini oladi va xurmodan foydalanish COVID-19 ning ogʻir shakllarining xavfini kamaytiradi, degan xulosaga kelishdi. Aytgancha, tanindan tashqari, xurmoda juda koʻp vitaminlar mavjud - A, C, B1, B2, B3, shuningdek, fosfor, kaltsiy, kaliy, temir va natriy.