Rossiyalik shifokor-infeksionist Yevgeniy Timakovning aytishicha, bunday odamlar virusni neytrallashtiruvchi eng faol antitanachalar va qayta kasallanishdan himoya qilish uchun yetarli darajadagi eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladilar.
Vaksina kasallikdan keyingi immunitetni yana-da kuchaytiradi va immun hujayralarimizni koronavirusni neytrallashtiruvchi haqiqiy «jangovar kuchga» aylantiradi.
Tabiiy va vaksinadan keyingi immunitetning bir vaqtdagi uyg‘unlashuvi organizmga vaksinaning turli platformalaridek taʼsir ko‘rsatadi va uni yana-da samaraliroq himoya qiladi. Ushbu jarayonni qayta emlash bilan qiyoslash mumkin.