YANGILIKLAR

Jurabek Laboratories ishlab chiqargan xitoy-o‘zbek va «Sputnik V» vaksinalarini ro‘yxatga olishga ruxsat berildi

Bosh vazir Abdulla Aripov 20 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimchcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga imzo chekdi.

Hujjatda Jurabek Laboratories kompaniyasi Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Xitoy kompaniyasi bilan ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgani qayd etilgan. Dastlabki bosqichda xitoylik hamkorlar vaksina substansiyasini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqayotgani aytilgan.

Hukumat SSV va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi taklifiga binoan Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan ZF-UZ-VAC 2001 va «Sputnik V» vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berdi. Istisno tariqasida ishlab chiqarish jarayonlariga doir teznik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, vaksinalarni substansiyalari ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olinmoqda.