YANGILIKLAR

Ikki dozali vaksinalardan keyin rekombinant oqsil subbirliklari asosidagi buster vaksina bilan emlanish antitanalar miqdorini keskin oshiradi

Ikki dozali inaktivatsiyalangan vaksinalardan keyin rekombinant oqsil subbirlikli vaksina kuchaytirgichi SARS-CoV-2 va uning variantlariga qarshi anti-RBD javoblarini va neytrallashtiruvchi titrlarni keskin oshirdi. Bu to‘g‘risida Cell Research (CR) xalqaro ilmiy jurnalida “Recombinant protein subunit vaccine booster following twodose inactivated vaccines dramatically enhanced anti-RBD responses and neutralizing titers against SARS-CoV-2 and Variants of Concern” sarlavhali maqola chop etildi.

2021 yil oktyabr holatiga ko‘ra, SARS-CoV-2 virusini butun dunyoda 230 milliondan ortiq aholi yuqtirgani maʼlum bo‘lib, aholini emlash surʼatlarini oshirish pandemiyaga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirishda yordam berishi taʼkidlanmoqda. Biroq ko‘plab turdagi vaksinalarda antitanalar miqdorining kamayishi va himoya samaradorligining pasayishi qayd etilmoqda. Yangi virus variantlarining vujudga kelishi immunitet javob reaksiyalarining maʼlum darajada pasayishi tufayli birlamchi emlaganlarga keyingi kuchaytiruvchi emlashni qo‘llash borasida bahslar yuzaga kelmoqda.

Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, BNT162b2 mRNK, inaktivlashtirilgan CoronaVac va BBIBP-CorV vaksinlalarining gomologik uch dozasi qoniqarli xavfsizlik profilini namoyon etib. yuqori immunitet javobini chaqirdi. Bundan tashqari, ChAdOx1 nCoV-19 va undan keyin BNT162b2 viruslariga qarshi geterolog vaksinatsiya, ChAdOx1 nCoV-19 ning ikki gomologik dozasi bilan solishtirganda yuqori neytrallashtiruvchi faollikni keltirib chiqardi. Hozirgacha ikki dozada inaktivatsiyalangan vaksinalar bilan rekombinant oqsil subbirlik vaksinasining birgalikdagi geterologik emlashning taʼsiri baholanmagan.

Shanxaydagi Yuqumli kasalliklar milliy tibbiyot markazi (NMCID)ning Xuashan kasalxonasida geterologik emlashni bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarla 3-geterologik doza sifatida, butun virusni inaktivatsiyalash asosida yaratilgan vaksinalarning (CoronaVac yoki BBIBP-CorV) 2 dozali gomologik emlanilishidan 4-8 oy o‘tganidan so‘ng yuborilgan 25 mkg uchinchi kuchaytiruvchi rekombinant oqsil vaksinaning (ZF2001) xavfsizligi va immunogenligini o‘rganish asosida tadqiq etildi.

Klinik sinov tadqiqotlari, 26-28 yosh oralig‘idagi sog‘lom balog‘otga yetgan shaxslarda olib borilib, ulardan 71 tasiga 2 dozali gomologik emlashdan 4-8 oydan so‘ng, uchinchi kuchaytiruvchi rekombinant oqsil vaksina yuborildi, shuningdek 51 ta qatnashchilar kontrol guruh sifatida olindi.

Bizning tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, ikki dozali emlashdan 4-8 oy o‘tgach, ishtirokchining neytrallashtiruvchiGMT (Geometric Mean Titer)lari hali ham aniqlanishi mumkin darajada, lekin ikkinchi emlashdan keyingi 14 kunga nisbatan kamaydi (Xuashan kasalxonasi maʼlumotlari; Etika raqami: KY2021-041) va maxsus T hujayralari tomonidan IFNγ (Interferon gamma)ning ishlab chiqarishi ham aniqlanarli darajada, biroq ikkinchi emlashdan 12 haftadan so‘ng pastroq. Ammo, oldingi ikki dozali inaktivlantirilgan vaksinalardan keyin uchinchi kuchaytiruvchi doza bilan emlash, barcha sinovdagi SARS-CoV-2 va uning variantlariga ikkinchi emlashdan keyingi 14 kunlik bilan solishtirganga qaraganda, B hujayralarining funksional javoblarini sezilarli darajada – 27-75 barobargacha oshirishi aniqlandi.

Ushbu tadqiqotlar ikki dozali inaktivlantirilgan vaksinalar mustahkam gumoral va hujayraviy immunitetni keltirib chiqarishi mumkin, ammo SARS-CoV-2 va uning variantlariga qarshi uchinchi kuchaytiruvchi doza yuborilganda qaytadan uyg‘onib muvaffaqiyatli ravishda faollanishini namoyon etdi.

Shu bilan bir qatorda bir qancha vaksinalarning (BNT162b, BBIBP, CoronaVac, ChAdOx1 nCoV-19) uch turdagi gomologik dozalari bilan emlashdan keyingi antitanalar miqdoridagi o‘zgarish tekshirilganda, 3-dozadan so‘ng antitanalar miqdori mos ravishda 1-7 barobar oralig‘ida oshganligi ko‘rildi. Bizning geterologik kuchaytiruvchi tadqiqot uchun, ikki dozali CoronaVac vaksinasidan so‘ng yuborilgan uchinchi Convidecia vaksinasi bilan emlash, neytrallashtiruvchi antitanalar darajasining 78 barobar oshishiga olib keldi.

Xulosa qilib aytganda, ikki dozali butun virusni inaktivatsiyalashdan olingan vaksinalardan keyin uchinchi geterologik kuchaytiruvchi oqsil subbirlikli vaksina sog‘lom balog‘atga yetgan kattalar uchun xavfsiz va yuqori immunogen bo‘lib, SARS-CoV-2 va uning variantlariga qarshi yuqori darajada imunitetni chaqiradi va immun javoblarini oshiradi.