“Delta” odamdan odamga tezroq yuqadi va vaksina hamda o‘tkazilgan kasallik natijasida paydo bo‘lgan antitanachalarning neytrallashtiruvchi taʼsiridan qochadi — bu haqida RF Sog‘liqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar bo‘yicha shtatdan tashqari bosh mutaxassisi, professor Vladimir Chulanov aytib o‘tdi.
Rossiyalik immunolog Nikolay Kryuchkovning so‘zlariga qaraganda esa, ushbu shtammni neytrallashtirish uchun organizmdagi antitanachalar miqdori biroz ko‘proq bo‘lishi talab etiladi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, “Delta” tarqaladigan bo‘lsa, immunitetning samaradorligi biroz pasayadi, ammo baribir yuqoriligicha qoladi. Vaksinalar ishlashda davom etadi, ularning og‘ir, o‘lim holatlari va shifoxonaga tushishga qarshi samaradorligi — 90% dan yuqori.