YANGILIKLAR

Indoneziyada ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi (BPOM) Xitoy-O‘zbekiston hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 (xalqaro nomi Zifivax) vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. 

Bu haqda BPOM rahbari Penni K. Lukito shu munosabat bilan tashkil etilgan press-konferensiyada maʼlum qildi. Penni K. Lukito mazkur vaksinaning I, II va III faza tadqiqotlari uning nojo‘ya taʼsirlari kamligini ko‘rsatganini hamda vaksinaning 3-dozasidan keyin 7 kun o‘tgach samarasi 81,71% ni tashkil etganini qayd etdi.

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza sinovlari Indoneziyaning Bandung shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, unda jami 4000 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Jami sinovlarda butun dunyodan 28 ming nafar ko‘ngillilar qatnashganlar.

Indoneziya OAVlaridaa xabar berilishicha, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi Covid-19 virusiga qarshi umumiy 92,92% foiz samaradorlikni ko‘rsatgan. Indoneziyada shu paytgacha Bio Farma, Moderna, Pfizer, AstraZeneca, Sinopharm, up CanSino kabi vaksinalar qo‘llangan.

Indoneziya Xalqaro Farmatsevtik inspeksiyalar hamkorligi tizimi (Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme PIC/S) aʼzosi bo‘lib, mazkur tizim farmatsevtika preparatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tish davrida ularning sifatini baholovchi, ishlab chiqarish sifatini nazorat qiluvchi organ hisoblanadi. Bu preparatlar inspeksiyasiga qo‘yiladigan talablarning maʼlum standartizatsiyasini nazarda tutadi hamda mahsulot sifatini kafolatlaydi. Shuningdek, PIC/S mamlakatda GMP meʼyorlariga to‘liq rioya qilinishini nazarda tutadi.

Manba