300 dan ortiq olimlar ustuvor patogenlar roʻyxatini yangilash boʻyicha ishda ishtirok etadilar. Ular 25 dan ortiq virus va bakteriyalar oilalari, shuningdek, “X” kasalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqadilar. Jeneva shtab-kvartirasi taʼkidlashicha, “X kasalligi” - bu “jiddiy xalqaro epidemiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan nomaʼlum patogen” ning qisqartmasi. Shuningdek, mutaxassislar qoʻshimcha tadqiqotlar va investitsiyalarni talab qiladigan ustuvor patogenlar roʻyxati boʻyicha tavsiyalar beradi.
JSST bunday roʻyxatni birinchi marta 2017-yilda tuzgan. Hozirgacha u, jumladan, COVID-19, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, Ebola va Marburg virusi kasalliklari, Lassa isitmasi, Yaqin Sharq respirator sindromi, ogʻir oʻtkir respirator sindromi, Nipa va genipavirus kasalliklari, Rift vodiysi isitmasi, Zika virusi kabi kasalliklarni oʻz ichiga oladi.
Patogen - zamburugʻlar, viruslar, bakteriyalar va boshqalar, shuningdek, boshqa tirik mavjudotning patologik holatini (kasalligini) keltirib chiqarishga qodir boʻlgan oqsil hisoblanadi.