«Soʻnggi 1 hafta 10 kun ichida butun dunyo boʻylab virus avj olib bormoqda. Maʼlumotlarga koʻra asosan omikron shtammi tarqalmoqda. Shuningdek omikrondan boshqa shtamm kasallik chaqirmayapti degan fikrlar ham bor.
Xuddi shunday Oʻzbekiston sharoitida ham kasallik bir muncha koʻtarilgan. Soʻnggi 7 kunni oladigan boʻlsak sal kam 500 nafar bemorni shifoxonaga yotqizdik hamda 350 nafarga yaqin bemorni shifoxonadan chiqardik», deydi Otabekov.
Uning qayd etishicha, Oʻzbekistonda ham asosan omikron shtammi keng tarqalmoqda. U yurtimizga kirib kelganida asosan yoshi kattalarda aniqlan boʻlsa, endilikda qatlam tanlamayapti.
“Bizni bezovta qilayotgani shifoxonalarga ham oʻtkir respirator virusi ham koronavirusga chalingan bemorlar murojaat qilmoqda. Qachonki miks infeksiya - 2 ta yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchisi bir paytda organizmga yuqadigan boʻlsa, uning asoratlari ham jiddiyroq boʻlishi mumkin”, deydi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari.