Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasida belgilangan tartibda, 2021 yil 1 sentyabrdan Rossiyaga kirish uchun O'zbekiston fuqarolari "yashil" maqomni - "COVID-19’siz sayohat qilish" maxsus ilovasida QR-kodni taqdim etishlari kerak bo'ladi. Buning uchun, uchishdan 72 soat avval, O'zbekistondagi akkreditatsiyalangan laboratoriyalardan birida PCR tekshiruvi uchun testlarni topshirish kerak bo'ladi (ularning ro'yxatini ilovada topish mumkin).