YANGILIKLAR

COVID-19 “Delta”-shtammi O'zbekistonda eng keng tarqalgan deb tan olindi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi O'zbekistonda aniqlangan koronavirus infeksiyasi holatlarini o'rganish natijalarini e'lon qildi. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko'ra, "delta" shtammining ulushi 82%ni tashkil etadi, bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "alfa" (10,3%) va 20A (7,7%) shtammlari egallashdi.

Ilg'or texnologiyalar markazi direktori Shahloxon Turdiqulova e'lon qilingan ma'lumotlarga izoh berar ekan, shunday dedi:

"So’ngi haftalarda koronavirusning “delta” varianti umumiy kasallanishlar sonining beshdan to'rtidan oshdi. “Hind shtammi” deb nomlanuvchi virus turi “Uxan” va “Britaniya” versiyalariga qaraganda ko'pincha kasallikning og'ir shakllariga olib kelishi xavotirga soladi. Bu umuman epidemiologik manzarani tubdan o'zgartiradi: afsuski, simptomsiz holatlar kamroq uchramoqda va inkubatsiya davr qisqarib, sog'liq uchun jiddiy oqibatlar xavfini kuchaytiradi. Biroq, yaxshi yangiliklar ham bor: tadqiqotlarimiz shuni tasdiqlaydi-ki, hozirgi vaksinalar yangi shtammlarga qarshi samarali. Emlanganlar kamdan-kam hollarda kasallikga uchragan taqdirlarida ham, inson tanasida virus mutatsiya qila olmasligi sababli COVID-19’ni yengil ravishda o’tkazishadi. Buni 24-avgustda olingan ZF-UZ-VAC2001 preparati sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi".