Qisqa intervalli guruhdagi shaxslar birinchi dozadan 1 oy o‘tganidan so‘ng vaksinaning ikkinchi dozasini va ikkinchi dozadan 1 oy o‘tgach, uchinchi dozani qabul qilishgan. Uzoq intervalli guruhdagi shaxslar vaksinaning birinchi dozadan keyin ikkinchi dozasini 1 oydan keyin olib, uchinchi doza bilan 4 oy o‘tgach emlanishgan. Natijada birinchi va uchinchi doza oralig‘i 5 oyni tashkil qilgan.
Uzoq intervalli guruhdagilarda Omikron shtammiga qarshi antitanacha titrlari qisqa intervalli guruhdagilar va koronavirusga chalinganlardagiga nisbatan yuqori bo‘lgan.
SARS-CoV-2 prototip shtamlari va mutatsiyalariga, shu jumladan, omikron shtammiga qarshi antitanachalar mavjudligini tekshirish uchun zardob namunalari sinovdan o‘tkazildi. COVID-19 dan tuzalganlar guruhidan olingan 16 ta zardob namunalaridan 15 tasida Omikron shtammiga qarshi antitanachalar mavjud emasligi namoyon bo‘ldi. ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlanganlardan iborat guruhning qon zardobida esa Omikronga qarshi antitanalar nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Har qanday vaksinaning uch dozasini olgan 16 nafar kishidan 10 nafarida (62%), ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini qisqa intervalda olganlarning 16 nafaridan 9 nafarida (56%) hamda ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanganlarning uzoq intervalli guruhidagi 16 nafar kishidan 16 tasida (100%) Omikronga qarshi antinanachalar mavjud ekani tasdiqlandi.
Ikkinchi va uchinichi dozalar orasidagi interval 4 oy bo‘lgan, ammo vaksinaning uchinchi dozasi olinganidan 4-6 oy o‘tganidan keyin qon tahlillari o‘tkazilganda 13 ta namunadan 9 tasida (69%) Omikronga qarshi antitanalar mavjud ekani aniqlandi. Avval ham xabar berganimizdek, ikkinchi doza va buster dozasi orasidagi intervalning katta bo‘lishi koronavirusning barcha shtammlariga nisbatan kattaroq titrdagi antinalalarning hosil bo‘lishiga olib keladi.
Mazkur natijalar kuchli mutatsiyaga uchragan koronavirus shtammlariga qarshi vaksinaning buster dozlalari bilan himoyalanishning samaradorligini ko‘rsatadi.
Manba