ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi tadqiqotlarining 3-fazasi O‘zbekiston, Xitoy, Indoneziya, Pokiston va Ekvador davlatlaridagi 31 ta klinik markazlarda o‘tkazilib, unda jami 29 mingga yaqin ko‘ngilli ishtirok etgan. Ushbu sinovda qatnashganlar 1:1 nisbatda vaksina yoki platsebo qabul qilishgan. 12 625 nafar vaksina olgan ko‘ngililar guruhida 158 ta COVID-19 infeksiyaga chalinish holatlari, 12 568 nafar platsebo qabul qilgan ko‘ngillilar guruhida esa 580 ta COVID-19 holatlari aniqlangan. Natijada, vaksinaning samaradorligi 75.7% ni tashkil qilgan. Shuningdek, vaksinaning COVID-19 kasalligining og‘ir va o‘ta og‘ir shakliga chalinish holatlaridan hamda o‘lim holatlaridan saqlash ko‘rsatkichi mos ravishda 87,6% hamda 86,5% ni tashkil qilgan.
Nojo‘ya taʼsirlarning 98,5%i 1- yoki 2-darajada kechganligi aniqlangan. O‘z navbatida vaksinaga aloqador o‘lim holatlari kuzatilmaganligi qayd etilgan. Maqolada ZF2001 vaksinasining COVID -19 holatlarining simptomsiz hamda og‘ir va o‘ta og‘ir formalarini oldini olishda samarali hamda xavfsiz ekanligini taʼkidlanadi. Shunday qilib, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi to‘liq emlangandan so‘ng kamida olti oy davomida koronavirusning simptomli va o‘tkir shakllari bilan kasallanishning oldini oladi.
Qayd etish joizki, NEJM jurnali tibbiyot sohasidagi nufuzli jurnallardan biri bo‘lib, 1812 yildan beri chop etiladi. Bu jurnal 2021 yilgi ilmiy jurnallar reytingida 91 impakt faktor (IF) ga ega bo‘lib, yetakchi ilmiy jurnallarning eng oldingi uchligiga kiradi: 1-o‘rinda “CA-A Cancer Journal for Clinicians” (IF=508.7); 2-o‘rinda “Nature Review Molecular Cel Biology” (IF=94.4): 3-o‘rinda NEJM (IF=91.2); 4-o‘rinda “Nature Reviews Drug Discovery” (IF=84,7); 5-o‘rinda “Lancet” (IF=79.3). NEJM dunyoning 175 mamlakatga tarqatiladi.
O‘z navbatida, Innovatsion rivojlanish vazirligi mazkur tadqiqotda ishtirok etgan fuqarolarimizga, ilmiy jamoalarga va tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Manba