“Stels-Omikron” pandemiya davridagi eng yuqumli shtamm
2022-06-24 21:07
Rospotrebnadzor eksperti Xafizov “stels-Omikron”ni pandemiya tarixidagi eng yuqumli shtamm deb atadi.
“Omikron” subvariantlari qatori – VA.2 (“stels -Omikron”) pandemiya tarixida koronavirusning eng yuqumli varianti hisoblanishi mumkin. Bu haqda 1 may kuni Rospotrebnadzor Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot institutining sekvensiya texnologiyalariga asoslangan yangi diagnostika usullarini ishlab chiqish ilmiy guruhi rahbari Komil Hafizov maʼlum qilgan edi.
"VA.2 holatlari doimiy ravishda o‘sib borib, barcha yangi kasalliklarning 90% dan ortiq ulushini tashkil etdi, biz bu stels-Omikron shtammi butun pandemiya tarixida eng transmissiyaga ega variant ekanligini aniqladik", – tasdiqladi uning so‘zlarini TASS.
Xitoylik olimlar “Omikron” va “stels-Omikron” kabi yangi versiyadagi shtammlar yuzaga kelishini xabar qilgan edi. Koronavirusning bu shtammi SARS-CoV-2 variantidan mutatsiyaga uchragan bo‘lib, avval odamdan mushukga, so‘ngra mushukdan sichqonchaga, so‘ngra kemiruvchilardan insonga o‘tgan. Olimlar odamlar, sichqonlar, mushuklar, cho‘chqalar, otlar, qo‘ylar, itlar va kalamushlarda koronavirusning turli shtammlari tikanlarining ACE2 retseptorlari bilan o‘zaro taʼsirini o‘rganib, tegishli xulosaga kelishdi.
Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan taxlillarda 67 foizida omikron va 33 foizida omikron shtammining yangi mutatsiyadagi Stealth-Omicron BA.2 varianti topilgan. Bu haqida 23 iyun kuni Bahodir Yusupaliyev maʼlum qildi.