Vaksinani ishlab chiqaruvchilar haqida
COVID-19 ga qarshi ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi Anhui Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical tomonidan Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya Instituti (IMCAS), Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilg‘or texnologiyalar markazi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Xitoy Fanlar akademiyasi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi nomzod vaksinasini yaratish loyihasining tashabbuskori va koordinatori hisoblanadi.

Xitoy Fanlar Akademiyasining tarkibiy bo‘linmalaridan olingan tadqiqot guruhi o‘ziga xos dimerik RBD texnologiyasini ishlab chiqildi, uning asosida koronavirusga qarshi nomzod vaksina yaratildi.

Tadqiqotchilar Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi bilan hamkorlikda SARS-CoV-2 vaksinasi uchun hayvonlarda tirik viruslarni neytrallashtiruvchi tahlillar o‘tkazildi.

Xitoy Fanlar Akademiyasining Mikrobiologiya instituti tadqiqotlarni texnik qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek ultratsentrifugalashga doir tahliliy eksperimentga katta hissa qo‘shdi.

Muvaffaqiyatli klinikoldi tadqiqotlardan so‘ng, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical da vaksina ishlab chiqarish boshlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilg‘or texnologiyalar markazining preparatning sinovlarida bevosita ishtiroki, shuningdek, uning klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasi natijasida O‘zbekiston vaksinaning hammuallifi sifatida eʼtirof etildi.

Xitoy Fanlar Akademiyasining Mikrobiologiya instituti (IMCAS) - Xitoydagi eng yirik mikrobiologik tadqiqot muassasasidir. Mazkur muassasa 1958 yil 3 dekabrda Xitoy Fanlar akademiyasining bir qismi bo‘lgan Amaliy Mikologiya Instituti va Pekin Mikrobiologiya Laboratoriyalarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. 50 yildan ortiq rivojlanishdan so‘ng, IMCAS, mamlakatdagi mikrobiologiya sohasidagi eng yirik integratsiyalashgan ilmiy-tadqiqot institutiga aylandi.

Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi – bu Xitoyning Ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish ishlarini birlashtirib, ishlab chiqarish, tarqatish hamda import va eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy biotexnologik kompaniyadir. Kompaniya biopreparatlarni ishlab chiqarish va sotish, asosan fuqarolar uchun vaksinalar faoliyatiga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bosh qarorgohi Chunsin shahrida joylashgan.

Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi bu sohadagi faoliyatini 2002 yildan boshlagan. 2019 yilda kompaniyaning yillik daromadi 10,59 mlrd yuanni tashkil qildi. Kompaniyada 3000ga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2010 yil sentyabr oyida kompaniya Shenchjen fond birjasida ro‘yxatga olindi va ChiNext (Shenchjen fond birjasining sho‘ba korxonasi) ro‘yxatiga kiritilgan birinchi xususiy vaksinalar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi

Ilg‘or texnologiyalar markazi (ITM) 2018 yilda yuqori texnologiyalar bo‘yicha o‘quv -eksperimental markazi negizida tashkil etilgan bo‘lib, markaz maqomi ilmiy muassasa sifatida belgilangan. Ilg‘or texnologiyalar markazi fizika va nanomateriallar, biotexnologiya, biofizika, biokimyo, inson genetikasi, uyali va to‘qima muhandisligi, geofizika va nanomineralogiya, shuningdek, yangi ilmiy yo‘nalish - fudomiks sohasida tadqiqotlar olib boradi.

Markazda 125 kishi ishlaydi, shu jumladan 74 tadqiqotchi, ulardan 10 ta fan doktori, 33 ta fan nomzodi, 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar soni 34 kishi, 30 yoshdan 40 yoshgacha – 37 kishini tashkil etadi.

Ilmiy loyihalarni amalga oshirish natijasida 100 dan ortiq xorijiy ilmiy maqolalar chop etildi, ulardan 40 tasi xalqaro iqtiboslar ro‘yxatiga kiritilgan (shu jumladan, Nature, Nature communications, Scientific reports kabi yetakchi ilmiy jurnallarda). Hozirda Markaz Nature jurnallarida chop etilgan nashrlar soni bo‘yicha butun respublikada yetakchi hisoblanadi, shuningdek 9 ta o‘quv nashrlari va monografiyalari chop etilgan. 2020 yil aprel oyida birinchi marta O‘zbekistonda tarqalgan koronavirus genomining genetik ketma-ketligi o‘rganilib, xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan.

Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalari:

• genetik va klinik-biokimyoviy tahlillar uchun 27 turdagi sinov to‘plamlari ishlab chiqildi, birinchi to‘plamlarni ishlab chiqarish litsenziyali eksperimental sanoat ishlab chiqarish maydonchasi negizida tashkil etildi;

• respublikada birinchi marta COVID-19 tashxisi uchun test tizimi ishlab chiqildi va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi, eksklyuziv huquq asosida ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi;

• koronavirusga qarshi genetik muhandislik vaksinasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda;

• kindik qon hujayralarini kriopronervatsiya qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan va joriy qilingan, uni transplantologiya va regenerativ tibbiyotda qo‘llash imkoniyati bilan ildiz hujayralari banki yaratilmoqda;

• terining turli nuqsonlarini davolash va tiklash uchun to‘qima muhandislik konstruksiyalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda;

• genetik injeneriya sohasidagi xitoylik mutaxassislar bilan birgalikda mikroblarga qarshi yuqori xususiyatlarga ega rekombinant peptid olindi;

• Farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun mikroblarga qarshi dorilar sifatida bakteriotsinlar va ishlab chiqaruvchilar shtammlaridan foydalanish usuli ishlab chiqilgan.

• Katta muhandislik inshootlarini uzluksiz seysmik kuzatib borish uchun bitta bortli Raspberry Pi protsessoriga asoslangan avtomatik seysmik stansiya yaratildi.

• O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va nodir metallarning mineralizatsiyasi borligini prognoz qilish va qidirish hamda geologik qidirish bo‘yicha ilmiy metodologiya ishlab chiqilgan.

• Arxeologik qazishmalar jarayonini aniqlash uchun yer osti tarixiy obyektlarini aniqlash va ularning uch o‘lchovli tasvirlarini olish metodikasi ishlab chiqilgan.

• Yuqori quvvatli lazer nurlanishining qattiq jismlar bilan o‘zaro taʼsiri natijasida yangi kompozit materiallar, mikron membranalarni olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

• Golografik mikroskop yaratildi va patentlandi - qurilma organik va tirik obyektlarni buzilmasdan kuzatish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Ilg‘or Texnologiyalar Markazi Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya Instituti va Sinopharm Group, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical (XXR) tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi emlashlarning III bosqichining klinik sinovlarini o‘tkazishda faol ishtirok etdi, O‘zbekistondan jami 7000 ta ko‘ngillilar ishtirok etishdi. Vaksinaning O‘zbekistonda o‘tkazilgan klinik sinovlari davomida jiddiy nojo‘ya taʼsiri va emlashdan keyin o‘lim kuzatilmagan, immunogenligi 95-96%ga baholangan. Klinik sinovga qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda, O‘zbekiston koronavirusga qarshi vaksinaning hammuallifi sifatida eʼtirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti

Institut 1978 yil 27 dekabrda tashkil topgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi: OIV/OITS, virusli gepatitlar, virus etiologiyali jigar sirrozlari, yangi va qayta paydo bo‘layotgan virusli infeksiyalar, gripp, ichak infeksiyalari. Virusologiya sohasida ilmiy-uslubiy va koordinatsion faoliyatni amalga oshirish orqali yuqumli kasalliklarni nazorat qilish, hamda virusli kasalliklarni tashhislash, davolash va oldini olishda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi.